Qabul komissiyasi image
  1. Qishki qabulda bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari kesimida faqat sirtqi taʼlim shakliga hujjatlar qabul qilinadi.
  2. Magistratura mutaxassisligi boʼyicha 10 nafardan ortiq abiturientlar oʼqishga qabul qilinadigan boʼlsa, oʼqish tili ingliz/rus tillarida tashkil etiladi (alohida guruh shakllantiriladi).
  3. *Sirtqi taʼlim shakliga oʼrta maxsus maʼlumotga ega boʼlgan va, ayni damda, kasbiy mehnat faoliyatini olib borayotgan (kamida uch yillik mehnat stajiga ega boʼlgan) va ish beruvchi tomonidan maxsus tavsiyanomaga ega boʼlgan abiturientlar qabul qilinadi.
  4. **Musiqa taʼlim yoʼnalishiga hujjat topshirayotgan abiturientlar ham maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim maktablari va musiqa maktablarida musiqa/ashula fanidan dars mashgʼulotlarini olib borayotgan va tizimda 3 yildan kam boʼlmagan mehnat stajiga ega boʼlgan, ish beruvchi tomonidan aynan mazkur yoʼnalishga tavsiyanomaga ega boʼlganlar qabul qilinadilar.
  5. Magistraturaga hujjat topshirgan abiturientlar uchun kirish sinovlari ogʼzaki suhbat va yozma shaklda tashkil etiladi. Xorijiy tillarni bilish boʼyicha maxsus sertifikatga ega boʼlgan abiturientlarga kirish imtihonlarida ustuvorlik beriladi.
  6. Sirtqi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalarga darslar gibrid usulda (oflayn/onlayn) tashkil etiladi.
  7. Magistratura mutaxassisligi uchun haftasiga uch marotaba nazariy-uslubiy dars mashgʼulotlari oflayn va onlayn shaklida tashkil etiladi.
  8. Talabalarning oʼzlashtirish koʼrsatkichlari (GPA) va boshqa erishgan yutuqlariga muvofiq tanlov asosida yozgi taʼtil davomida xorijiy davlatlarda maxsus “Work and travel” dasturiga yuborish ham koʼzda tutilgan.